Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 18:53


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

13:48

Xorijda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasi tuziladi


Joylandi: 03.10.2016 | 13:48

3-oktabr, dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiya shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar berdi.Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov olib borgan majlisda mamlakatning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari tuzish, shuningdek, saylov bilan bog‘liq boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasi Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqib, mazkur vakolatxonalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasini tuzish va ularni 14-Toshkent saylov okrugiga biriktirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Majlisda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi huzurida ishchi guruhlari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2-Andijon va 12-Xorazm okrug saylov komissiyalari raislarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi haqidagi axborotlari eshitildi.
Komissiya a’zolari Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilgan OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasini ham ko‘rib chiqdi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 1024 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/11

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт