Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 23.02.2020, 02:41


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

21:25

Xristian Jek Chittak nima sababdan Islomni qabul qilgan?


Joylandi: 21.01.2020 | 21:25

“Karib dengizi qaroqchilari” filmini ko‘rganmiz-u ko‘pchiligimiz bir haqiqatni bilmaymiz. Filmning bosh qahramonlaridan biri Jek Chittak aslida Buyuk Britaniyalik musulmon dengizchi bo‘lgan.

Jek Vard 1553 yil Angliyaning Faversham shaharchasida tug‘ilgan. Dengiz bo‘yida yashaganligi sababli yoshligida baliqchilik bilan shug‘ullangan. Ispaniyaning Angliyani bosib olish rejasi samarasiz yakun topganidan so‘ng, 1588 yildan boshlab Angliya qirolichasi Yelizaveta I ruxsati bilan Ispaniya kemalarini talashda oddiy askar sifatida qatnashgan. 1603 yil qirol Jeyms I taxtga chiqqanida Ispaniya bilan urush tugaydi, lekin ko‘p dengizchilar qaroqchi sifatida kemalarni talashni davom ettirishadi. Jek va uning 30 nafar sherigi bilan Portsmut portida kemani egallashadi va o‘g‘irlashadi, Jekni esa kapitan etib saylashadi.

So‘ng ular Veit oroliga suzadilar va boshqa Violet nomli kemani qo‘lga kiritishdi. Jek bu kemani "kichik Jon" deb nomlaydi. Jek bu kemadan Fransiyaga qarashli yirik kemani egallashda foydalanadi. Shu tariqa u jangovar kemaga ega bo‘ladi. So‘ng O‘rta Yer dengiziga suzadi. U yerda Jek 2 yil davomida savdo kemalarini talash bilan shug‘ullanadi.1605 yilda ingliz va daniyalik dengizchilar Richard Bishop va Entoni Jonsonlar Jekka qo‘shiladilar.

Keyingi yili ular “Reniyera ye Soderina” kemasini qo‘lga olishadi. 1607 yili “Reniyera ye Soderina” kemasi cho‘kishni boshlaydi, Jek va yaqin dengizchilari bilan fransuz kemasiga qochib o‘tadi. “Reniyera ye Soderina” Gretsiya yaqinida 250 musulmon va 150 nafar inglizlardan iborat guruh cho‘kib ketadi. Keyinchalik boshqa ikki kemasi ham venetsiyaliklar tomonidan egallanadi. 250 nafar musulmonning o‘limi o‘sha vaqtdagi Tunis hukmdori Usmon Beyni g‘azablantiradi.

Jek esa bunda uning aybi yuqligini aytadi. Usmon Bey agar Tunisga kelsa, uni o‘ldirmaslikka so‘z beradi. Jek Vard Tunisga keladi uni tunisliklar Jek Asfur (ma’nosi Jek Chittak) deb atashgan. Bir yildan so‘ng Jek va uning butun jamoasi Islomni qabul qildi va ismini Yusuf Raisga o‘zgartirdi.

Jek Islomni qabul qilganidan so‘ng Andalusdagi mazlum musulmon va yahudiylarni Tunisga tashish bilan shug‘ullandi. Jek Chittak aslida minglab musulmon va yahudiylarni Ispaniyadan qochishlariga yordam bergan qahramon bo‘lgan. Jek Chittak 70 yoshida Tunisda vafot etgan. Lekin G‘arb doimgidek Islom qahramonlarini qaroqchi va kallakesar qilib ko‘rsatishga urinmoqda.

Bunga misol Karib dengizi qaroqchilari filmi, bu filmdagi Jek Chittak va Kapitan Barbossa aslida Ispaniyadagi mazlum musulmon va yahudiylarni qutqargan Jek Asfur (Yusuf Rais) va Xayriddin. Xayriddinni Ispaniya musulmonlari “Baba Arrus” – Arrus ota deb atashgan, italyanlar esa Barbaros, ya’ni “qizil soqol” deb atashgan.

Uning qanchalik mashhur bo‘lganini tasavvur qilish qiyin emas – yaqinda ingliz dramaturgi Robert Daborn "Xristian turk bo‘ldi" pesasini yozdi. Bosh qahramon - Jek Uord. Ushbu spektakl Yevropa teatrlarida muvaffaqiyat qozondi.

Hozirgacha Angliyada bolalar "Kapitan Uordning baleti va kamalak" - mashhur Jek haqida qo‘shiq kuylashmoqda. Va XX asrda amerikalik yozuvchi Tomas Kostein afsonaviy musulmon sardori haqida roman yozdi.

Bir dengizchi Uordni "kichkina, sochlari va soqolli" deb ta’riflagan. Bu esa Gollivud kino ijodkorlari tomonidan yaratilgan tasvirga umuman o‘xshamaydi.
Категория: Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar | Просмотров: 139 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Xristian Jek Chittak nima sababdan | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт