Ziyo-Music.Com
Shanba, 17.08.2019, 20:20
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 6515
Статистика

Xozir saytda: 52
Mexmonlar: 51
Foydalanuvchilar 1
ZIYO_MUSIC

11:55

Yangi hosil: Tarvuzning nimasi xavfli?


Joylandi: 05.08.2019 | 11:55

Nima uchun tarvuz tarkibidagi nitratlardan qo‘rqmaslik kerak, ushbu poliz ekini kimlar uchun haqiqatda xavfli va kimlar uni tanovul qilmagani ma’qul?

Nitratlar azot kislotasining tuzlaridir.

Ulardan qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Nitratlar inson organizmida ham uchrab, so‘lak tarkibida mikrobga qarshi vazifani bajarishi va shuningdek, yurak-qon tomiri faoliyatida ishtirok etib, qon bosimini nazoratda saqlashi mumkinligi aniqlangan.

Tanada ortiqcha to‘plangan nitratlar organizm fermentlari va ichaklarda hamda og‘iz bo‘shlig‘ida uchrovchi ba’zi bakteriyalar ta’sirida bir necha marta ko‘proq toksik nitratlarga aylanadi. Qon tarkibida ular gemoglobinni metgemoglabinga aylantiradi, metgemoglobin kislorod va karbonat angidridni yetkazib berolmaydi. Uning qondagi miqdori 30 foizgacha yetsa, o‘tkir zaharlanish, nafas qaytish, taxikardiya, ensa qismida og‘riq, holsizlik va qon bosimi tushishi alomatlari paydo bo‘ladi.

Qonda metgemoglobin konsentratsiyasi oshib borishi o‘limga olib borishga qodir.

Bundan tashqari, oshqozon kislota muhitida nitritlardan hazm qilish organlari saratoniga sabab bo‘luvchi nitrozaminlar paydo bo‘lishi mumkin.

Qiziqarlisi shundaki, nitratlarning organizmga nisbatan ehtimoliy zarari, birinchi navbatda, ularning manbalari bilan bog‘liq. Bir necha o‘n yillar davom etgan ulkan epidemiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, go‘sht mahsulotlaridagi bakteriyalar o‘sishi oldini olish uchun qo‘shilgan nitratlar (aniqrog‘i, organizmda ulardan hosil bo‘luvchi nitrit va nitrozaminlar) juda xavflidir. Tanada ularning tez-tez paydo bo‘lishi ongologik kasalliklar ehtimolini oshiradi.

Sabzavot va mevalar tarkibidagi nitratlar esa aksincha, organizmda oshqozon raki rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Laboratoriya tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, zararli moddalar o‘sishi go‘sht komponentlari mavjud holatlarda tezlashadi. Sabzavot va mevalar bu kabi reaksiyalarga qarshi antioksidantlarga ega. Ular sababli nitritlar azot kislotasiga (II) aylanadi, qon tomirlari kengayadi va qon bosimi yaxshilanishi kuzatiladi.

Tarvuzlar yetishtirilish jarayonida o‘sishi uchun aynan qancha kerak bo‘lsa, aynan shu miqdorda nitrat bilan o‘g‘itlanadi. Pishib yetilgach tarkibida nitrat bo‘lmasligi kerak – tarvuz u bilan oziqlanib o‘sdi. Shuning uchun nitratlardan xavfsiraydigan xaridorlar yetuk tarvuzni tanlashlari kerak, xom tarvuz tarkibida nitratlar saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, mintaqamizda erta pishuvchi silliq tarvuzlar ham nitratlarga boy. «Lalmi» navidan farqli ravishda, bu tarvuzlar ildizi sust rivojlangan, o‘z-o‘zidan oziqlana olmagani sababli o‘g‘itni ko‘p «yeydi». Kechpishar turi suv va kerakli ozuqani o‘zi qidirib topgani uchun ham keyinroq yetiladi. Shunga qaramasdan, tarvuz iste’molining salomatlikka salbiy ta’sirlari ham aniqlangan.

Xususan, o‘simlikni zamburug‘ va parazitlardan himoya qilish uchun qo‘llangan moddalar tarvuz po‘stida saqlanib qolishi mumkin. Iste’mol qilinadigan qismiga yetib bormasa ham, qisman so‘rilishi mumkin. Yeyishdan yaxshilab yuvishga va suv ichkari tomonga kirib ketmasligiga ahamiyat berish zarur. Yo‘llar yoqasida sarxil bo‘lib terilib turuvchi tarvuz qobig‘idagi balon changlaridan ham yaxshilab xalos bo‘lish muhim hisoblanadi.

Tarvuzlar yuqori glikemik indeksga ham ega — bu shuni anglatadiki, uning iste’moli glyukozaning qondagi miqdorini keskin oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun qandli diabet bilan og‘ruvchi yoki shunga yaqin kishilar tarvuz tanovul qilishda ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Tarvuz — kuchli siydik haydovchi vosita, homilador ayollar va buyragi nosog‘lom kishilar uni iste’mol qilmasliklari kerak. Ularga haddan tashqari yuk tushishi natijasida siydik yo‘li kasalliklari yuzaga kelishi mumkin.

Mutaxassislar tarvuzni kuchli ovqatdan keyingi desert sifatida yeyishni tavsiya bermaydilar —uning tarkibidagi ko‘p miqdordagi uglevodlar oshqozonga botishi mumkin. Yaxshisi, tarvuzni alohida va iloji boricha kunning birinchi yarmida paqqos tushiring. Uyqudan oldingi tarvuz siydik yo‘llaridagi bosim bilan tunda bezovtalik va tonggi shishlarga sabab bo‘ladi.

Manba: Kun.uz
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 32 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
добро пожаловать,
Логин:
Пароль:
Поиск
Категории раздела
Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish [20]
Dunyo yangiliklari [1431]
Sport yangiliklari [1143]
Yurtimiz yangiliklari [872]
Shou bizness yangiliklari [343]
Turfa olam [38]
Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar [593]
Tehnologiyalar [356]
Avtomobil olami [68]
Wapmasterlar uchun [33]
Munajjimlar bashorati [78]
Qo'shiq Matni [146]
Salomatlik sirlari [248]
Foydali Maslaxatlar [1106]
Ayollar Uchun [121]
Erkaklar uchun [44]
Bolalar salomatligi [50]
Keksalar salomatligi [4]
Burjlar olami [2]
Kompyuter Dasrliklari [23]
Yulduzlar biografiyasi [33]
Testlar, Psixologiya [101]
Pazandalik sirlari [198]
Mobil telefon sirlari [61]
8-martga sherlar, tabriklar [3]
21-mart navro'z bayramiga tabrik va sherlar [3]
1-aprel hazillari/ 1-aprel uchun hazil gaplar [3]
Sevgi dunyosi / Sevgi haqida [16]
Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar [12]
Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji [143]
Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [1]
SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА [24]
Eng yangi super latifalar / Латифалар олами [13]
Календарь
«  Avgust 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей