Yangi Zelandiyada dunyodagi birinchi xususiy kosmodrom barpo etildi
Joylandi: 28.09.2016 | 01:57
Yangi Zelandiyada dunyodagi birinchi xususiy kosmodromning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. Foto: Mega News Loyihaga egalik qiluvchi Rocket Lab. korporatsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, kosmodrom quvvati 30 yil mobaynida har 72 soatda parvoz amalga oshirishga mo‘ljallangan. Obyekt qurilishi 2015-yil dekabrida boshlangan edi. Raketalar uchirish industriyasining yo‘lga qo‘yilishi, ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat iqtisodiyotiga keyingi 20 yil davomida 600 million dollardan 1,55 milliard dollargacha keltirishi mumkin.