Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 19.01.2020, 06:34


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:59

Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuniga eri BMW X7 sovg‘a qildi (video)


Joylandi: 12.12.2019 | 20:59

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova bugun, 12 dekabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuniga prodyuseri va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev BMW X7 sovg‘a qildi.

Ko‘chada shunaqa rusumli mashinani ko‘rsa havas qilardi. Shu sababli qo‘limizdan kelganicha kutilmagan sovg‘a tayyorlashga harakat qildik. Hali sovg‘adan Yulduz Usmonovaning xabari yo‘q. Aslida bundan ham kattaroq sovg‘aga loyiq, bu yil shuni oldik, keyingi yil Xudo podshoh. Bu ma’lumotni OAVlariga chiqarish niyatim yo‘q edi, tabriklash uchun kelgan ekansiz, shunga ma’lum qilyapman, - deydi turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani 11 dekabrdan 12 dekabrga o‘tar kechasi qiziqchi Halimaxonim, qizi Nilufar Usmonova, Milena Madmusayeva va yana bir qancha hamkasblari, sozanda va yaqinlari kelib tabriklashdi. Tug‘ilgan kun marosimi jonli ijroda kuylangan qo‘shiqlardan iborat kichik konsertga aylanib ketdi.

Kechada Yulduz Usmonovaning 2020 yilning 10 —25 mart kunlari «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yangi konsert dasturida kuylanadigan to‘rtta yangi qo‘shig‘ining ham premerasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963 yilning 12 dekabr kuni Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. San’atkorning otasi O‘raimoxun Usmonov va onasi Rahimaxon Akbarova Marg‘ilon ipak kombinatida ishlagan va sakkiz nafar farzandni tarbiyalagan. Yulduz Usmonova oilada oltinchi farzand.

Категория: Shou bizness yangiliklari | Просмотров: 162 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kunig | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт