Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 18:47


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:37

“Yulduzli tunlar” spektakli: Bobur rolida — Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov esa — Ahmad Tanbal (foto)


Joylandi: 29.10.2016 | 20:37

O‘zbek kinofilmlarida ko‘rishga odatlanib qolganimiz taniqli aktyorlar teatr rejissori Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Yulduzli tunlar” spektaklida rol ijro etdi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda

Spektakl Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida hikoya qiladi. Unda Bobur rolini aktyor Alisher Uzoqov, uning yoshligini Shahzod Egamberdiyev, Boburning singlisi Xonzodabegim rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan.
Akbarxo‘ja Rasulovga me’mor Mavlono Fazliddin roli nasib etgan bo‘lsa, Adiz Rajabov andijonlik bek Ahmad Tanbal rolini ijro etgan. Spektakldagi yagona teatr aktyori — Bobur Yo‘ldoshev esa Shayboniyxon rolini o‘ynagan.
Spektaklda Javohir Zokirov ham qatnashishi va Mahmudxon rolini ijro etishi ko‘zda tutilgan, biroq boshqa syomkalarda juda band bo‘lgani sabab, uning o‘rnida dublyorlar harakat qilmoqda.
Loyiha “Diydor” teatr-studiyasi va “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan. Spektakl hozircha har shanba va yakshanba kunlari soat 11:00 da “Diydor”ning 20—22 tomoshabinga mo‘ljallangan zalida sinov tariqasida namoyish etilmoqda.

Категория: Shou bizness yangiliklari | Просмотров: 1314 | Добавил: OMONXON | Рейтинг: 5.0/11

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт