Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 23.02.2020, 15:36


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

15:13

Yuqori qon bosimida nimalar yordam beradi?

Joylandi: 22.05.2017 | 15:13

Qon bosimining oshishi — bu faqat keksalarda uchraydigan kasallik emas. Bu xastalik bilan zararli dori-darmonlarsiz qanday kurashsa bo‘ladi? Ma’lum bir oziq-ovqatlarni iste’mol qilish mumkin. Shunday qilib, agar sizning qon bosimingiz ko‘tarilayotgan bo‘lsa, taomnomangizga nimalar qo‘shish mumkin?
Gipertoniya kasaliga duchor bo‘lganlar uchun kerakli oziq-ovqatlar:
Kun davomida 3 mahal 1 piyoladan yog‘siz sut ichish foydali. Uning tarkibi kaliy, kalьsiy va magniyga juda boy.
Tvorog (yog‘i kam) tomirlarni kengaytirish va yurakni mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek uning tarkibida sutda bor bo‘lgan barcha mikroelementlar va vitaminlar mavjud. Bir kunda 100 gramm tvorog yeyish tavsiya qilinadi.
Suli yormasidan qilingan bo‘tqa hamma uchun foydali. Uning tarkibida kletchatkalar mavjud.
Kakao kaloriyali bo‘lsa ham tomirlar uchun foydali. Bu ichimlikni bir haftada 1—2 marta ichish kifoya qiladi.
Ko‘k choyni muntazam ravishda ichish tavsiya etiladi. Ko‘k choy antioksidantlarga boy bo‘lib, u xolesterinni kamaytiradi va qarishni sekinlashtiradi.
Qora shokolad ham antioksidantlarga boy, shuningdek bu shirinlik yurak mushaklarini mustahkamlaydi va bosimni pasaytiradi. Lekin bu vositani me’yoridan oshirmasdan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Losos (qizil baliq) — gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarning eng yaxshi yordamchisi. Bu taomni bir haftada bir necha marta 150 grammdan yeyish lozim.
Qizil bulg‘or qalampiri. Uning tarkibi S vitaminiga juda boy. Bir sutkada ikki dona qalampir iste’mol qilish organizm uchun yetarli bo‘ladi.
Oshqovoq urug‘i ham foydali hisoblanadi. Uning tarkibida rux mavjud bo‘lib, u infarkt xavfini kamaytiradi. Oshqovoq urug‘ini tamaddilar o‘rnida bir kunda 20 grammdan iste’mol qilish lozim.
Bodom kaliy, kalsiy, magniy va E vitaminiga boy bo‘lgani uchun qon bosimini pasaytiradi va xolesterin miqdorini boshqarib turadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 632 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт