Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 05.06.2020, 20:48


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

11:24

Yuzingiz uchun eng foydali 5 ta niqob


Joylandi: 25.08.2016 | 11:24

Kuz fasli yaqinlashmoqda. Bu mavsumda ayollar yuz terisiga yanada e`tiborliroq bo`lishlari zarur.

Krem va losyonlar qanchalik qimmat va reklama qilingan bo`lmasin, baribir uy sharoitida tayyorlangan va muntazam ravishda qo`llaniladigan niqoblarga hech narsa yetmaydi. Birinchidan, uy sharoitidagi vositalar arzon, ikkinchidan, tabiiy, uchunchidan samarali hisoblanadi. Undan tashqari uy sharoitida qilingan niqoblarda zararli kimyoviy moddalar bo`lmaydi.

Oqartiruvchi niqoblar:

  • Yuzni oqartirish va yuz terisi rangini tiniqlashtirish uchun eng yaxshi vosita bodringdir.
  • Bodringni qirgichdan chiqarib, o`z holicha yuzga 15-20 daqiqaga surtib qo`yamiz. So`ng iliq suvda chayib tashlaymiz.
  • Ushbu niqobdan haftasiga 3 marta foydalanilsa, yuz terisi rangi oqaradi va tiniqlashadi.
  • Agar ter yog`li bo`lsa, u holda quyidagi losyondan foydalansa bo`ladi:
  • Bir dona bodringni mayda to`g`rab yarim stakan aroq bilan qoplaymiz.
  • Etti kundan so`ng yog`liq teriga ega yuzni parvarish qilish uchun losyon tayyor bo`ladi.

Ozuqa beruvchi niqoblar:

  • Terini doimiy ravishda foydali mikroelementlar bilan oziqlantirib turish lozim. Buning uchun uy sharoitida bizga quyidagi vositalar yordam beradi:

Bir dona tuxum sarig`ini olma yoki sabzi sharbati(mevadan sharbat olish uchun uni qirg`ichdan chiqarib dokaga solib siqamiz) bilan aralashtiriladi va yuzga 10-15 daqiqaga suriladi. So`ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
Yana bir niqobni tayyorlash uchun bizga tvorog yordam beradi.
Bir osh qoshiq tvorogni 1 choy qoshiq suyuq asal bilan aralashtiramiz va yuzga 10-15 daqiqaga surib qo`yamiz(Muhim! Asalga allergiya yo`qligini teriga ozgina surib ko`rib oldindan tekshirib olish zarur). So`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.

Tozalovchi niqoblar:

  • Yuzni muntazam ravishda yuvganimiz bilan, teri teshikchalari orqali kirgan va yig`ilib qolgan kir bunda ketmaydi. Shuning uchun tozalovchi niqoblarni muntazam ravishda yuzga qo`llash lozim.

Terini tozalash uchun eng yaxshi vosita suli yormasi qo`shilgan niqoblardir.

Bir osh qoshiq maydalangan suli yormasini 1 osh qoshib sut bilan aralashtirib yuzga 25 daqiqaga surib qo`yamiz. So`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.

Terining ichki qatlamlarini tozalash uchun bizga piling yordam beradi.

Piling-niqob: Bir choy qoshiq guruch kukunini (guruchni kofemaydalagichda kukun shakliga keltiramiz) 1 choy qoshiqda yarim-yarim qilib aralashgan asal va limon sharbati bilan qorimiz. Yuz terisini ushbu aralashma bilan asta ishqalab chiqib 15 daqiqaga qoldiramiz. So`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.

Ushbu niqoblarni 1 oy davomida navbatma-navbat qo`llasa, yuz terisi rangi, holati va ko`rinishi yaxshilanganligi shundoq namoyon bo`ladi. Uy sharoitidagi niqoblarning samarasi katta bo`lgani bilan, unga ketgan mehnat va pul deyarli sezilmaydi, deb ma’lumot beradi“Darakchi” nashri.

Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 11285 | Добавил: Dima | Теги: foydali niqoblar, erkaklar, Antiqa, yuz terisi uchun, sirlari, qiziqarli malumotlar, foydali maslahatlar, oqarish yollari, yuzni tiniq qilish uchun | Рейтинг: 5.0/38

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт