Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 19.02.2020, 03:51


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

14:19

Yuzingizni uy sharoitida oziqlantirish uchun niqoblar

Joylandi: 08.05.2017 | 14:19

Bu niqoblarni yuzingizga haftada ikki marta surtib, 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Natijasini ko‘rib, tan berishingiz aniq!
Quruq va normal yuz terisi uchun olmali oziqlantiruvchi niqob:
1 osh qoshiq saryog‘ni olma va tuxum sarig‘ining qirindisi bilan qo‘shamiz. Unga 1 choyqoshiq asal solib aralashtiramiz. Bu niqobni yuzga surtib 20 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.
Quruq va normal yuz terisi uchun tozalovchi va oziqlantiruvchi karamli niqob:
Karamni go‘shtmaydalagichdan o‘tkazib, tayyor bo‘lgan bo‘tqani yuzga surtib, 20 daqiqadan keyin uy haroratidagi suv bilan yuvib tashlang.
Aralash tipdagi yuzlar uchun bananli oziqlantiruvchi niqob
Bananni bo‘tqa qilib, unga 2 oshqoshiq qaymoq(slivki), 1 oshqoshiq asal solib, mikser bilan ko‘pirtiramiz. Tayyor bo‘lgan kremni darrov yuz, bo‘yin, dekolьte sohasiga surtib, 20-30 daqiqa qoldiramiz. Niqobni kosmetik salfetka bilan tozalaymiz.
Quruq yuzlar uchun sabzili niqob
Qirg‘ichning mayda tishidan ikkita qizil sabzini o‘tkazing. Tayyor bo‘lgan sabzi bo‘tqasiga 1 dona tuxum sarig‘i va 1 choyqoshiq o‘simlik (yaxshisi zaytun) yog‘ini qo‘shing.
Normal va quruq yuz terisi uchun kartoshkali niqob
2 dona xom kartoshkani qirg‘ichdan mayda qilib o‘tkazib, unga 1 ta tuxum sarig‘i va 1 oshqoshiq sut qo‘shing. Ko‘zga hunuk ko‘rinsa-da, bu niqob ajoyib natijalar beradi. U nafaqat yuzning qurishi va teri ko‘chishidan, balki shishishdan ham asraydi.
Yog‘li yuz terisi uchun qatiqli niqob
Ikki oshqoshiq qatiqni 1 oshqoshiq kofe maydalagichda tuyilgan suli yormasi (gerkules) bilan aralashtiramiz. Xohishga ko‘ra qatiq o‘rniga kefir yoki atsidofilin ishlatsa ham bo‘laveradi.

Manba: Darakсhi.uz
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 621 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт