Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 22.09.2019, 10:38


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

11:06

Nima uchun aynan payshanba?


Joylandi: 21.08.2019 | 11:06

Nima uchun bizlarda aynan payshanba oqshomidagi er-xotinlik munosabatlariga ayricha qarash mavjud?

— Intim tuyg‘ular sarchashmasi bo‘lgan jinsiy xilqat — muhabbat cho‘qqisi va murod-maqsadga yetishish bo‘lib, qalb, aql-idrok hamda vujudning jamlanib lazzat topishidan iboratdir. Shuning uchun, jinsiy yaqinlik ikki maqsadni nazarda tutib amalga oshiriladi. Birinchisi, inzol ya’ni, lazzatlanish niyatida, ikkinchisi esa zurriyot qoldirish maqsadida amalga oshiriladi.

Jinsiy aloqaning haftada ikki-uch mahal bo‘lishi mumkinligi zurriyot qoldirish maqsadida bo‘lsagina tibbiy nuqtai nazardan ham juda to‘g‘ri hisoblanadi. Chunki, tibbiyotda har uch-to‘rt kunda bir marotaba jinsiy munosabatda bo‘lish shahvatni mukammal qilib, sog‘lom zurriyot bunyod bo‘lishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Aynan juma kechasi (payshanbadan jumaga o‘tiluvchi kecha)da bo‘ladigan jinsiy munosabatning xosiyatliligi quyidagi sabablarga bog‘liq:
Birinchidan, ushbu muqaddas kechada aksari insonlarning ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishlari, haromdan hazar qilishlari natijasida ruh va vujud orom topib ichkiliklardan yiroq bo‘lganlik bois jimo mukammallashadi.

Ikkinchidan, payshanbada oqsilga boy «osh» kabi quvvatli taomlar tayyorlash odati mavjudligi-yu juma musulmon ellarda dam olish kuni hisoblanganligi ham jinsiy munosabatning mukammalroq bo‘lishiga olib kelgan.

Purma’no hikmatlarning birida «Har payshanba jinsiy ehtiyojini rafiqasi bilan qondirgan erkakka zino aslo tahdid solmaydi» deya bejiz ta’kidlanmagan.

Категория: Erkaklar uchun | Просмотров: 78 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: payshanba haqida, er hotin tuyg'ulari, jinsiy aloqa haqida, jinsiy munosabat, Nima uchun, aynan payshanba?, jinsiy yaqinlik, er-xotin sirlari, jinsiy aloqaga chorlash | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт