Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 10:28


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

10:26

Ob-havo ma'lumotlari: Yangi xafta yurtimizga sovuq tushadi


Joylandi: 08.09.2019 | 10:26

O‘zbekistonda kuz fasli boshida ob-havo odatda quruq va kam bulutli bo‘ladi. Tunlari havo salqinlashadi, ertalab esa tetiklik baxsh etadi, kunduzi deyarli yozdagidek isib ketishi mumkin.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bu yil kuz noodatiy boshlandi. Sentyabrning birinchi kuniyoq respublika ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, harorat 25-28 darajagacha tushib ketdi. Bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan haroratdan 3-5 darajaga pastdir. Keyinchalik Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havoning kirib turishi sababli harorat shunday saqlanib turdi.

Yangi hafta avvalida, dushanba kuni ob-havo keskin o‘zgaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha tushadi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kamroq, harorat ham biroz — 20-25 darajagacha pasayadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sentyabr oyi va ayniqsa uning birinchi yarmida haroratning bunday keskin pasayishi uzoq davom etmaydi. Seshanbadan boshlab yana yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yana bir kunga cho‘zilishi mumkin. Tungi va ertalabki soatlarda ancha salqin — harorat 8-11 daraja bo‘ladi, kunduzgi harorat ko‘tarilib boradi, lekin shunga qaramasdan iqlimiy me’yorlardan past bo‘ladi.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 27 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: o'zbekistonda havo qanday, Yangi xafta, havo harorati, yurtimizga sovuq tushadi, OB-HAVO, qish qattiq keladi, Ob-havo ma'lumotlari:, kun sovib ketadimi | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт