 Joylandi: 13.09.2016 | 15:07
1-Odamlarni qilgan ishiga shaxsiy fikringizni bildiring, masalan: «Bu ish maqul, yoki bu juda xunuk ish bo‘libdi…» va hkz kabi fikr bildiring
2-Shoshilmay Sekin gapiring, ammo tez fikrlang
3-Hech kimdan narsa so‘ramang, ayniqsa sizdan kuchli odamlardan…
4-Odamlarni ismiga etiborli bo‘ling, ko‘rishganda ismi bilan murojaat qiling.
5-Gapirayotganingda suhbatdoshingni ko‘ziga qarab gapiring. Chunki ko‘zni qochirish qo‘rqoqlikni ma’lum qiladi…
6-Unutmang! Buyuk odam g‘oyalar haqida gapiradi, Oddiy odam voqealar haqida gapiradi, Nodon odam odamlar haqida gapiradi…. Dasturxon atrofida yoki boshqa davrada hech qachon birovni hayotini muhokama qilmang.
7-Hech qachon o‘zingiz haqingizda gapirmang, Faqat so‘ragandagina gapiring.
8-Hech qachon birovni orzulari yoki rejalari ustidan kulmang,
9-«Yo‘q» so‘zini ishlatishdan qo‘qmang. Birovni iltimosini bajargingiz kelmasa ochiqchasiga YO’Q deyavering, garchi u eng yaqin do‘sting bo‘lsa ham. Bahona qidirish obro‘ni to‘kadi.
10-Hech qachon ko‘p savdolashmang. Saxiy bo‘ling.
11-Sizga savol berishsa javob berishdan oldin ozgina vaqt o‘kazing, garchi javob tayyor bo‘sa ham. Sizni ozgina kutishlariga majbur qiling.
12-Birinchi bo‘lib salom bering, ammo qo‘l berishda shoshilmang, Sizga qo‘l uzatilgandagina siz ham uzating.
13-Hech qachon ovoz chiqarib kulmang, Hamma gapga kulavermang.
14-Biror xonadonga mehmon bo‘lganingizda, xonadagi narsalarga diqqat bilan qarang va xonadagi biror jihozni maqtab qo‘ying. Masalan: chiroyli pardani, xonaning shinamligini, kitoblarni va hkz
15-Muzokara, suhbat yoki uchrashuvga chiqsangiz, hech qachon nima haqida gapirishni oldindan o‘ylamang. Doim o‘sha vaziyatdan va suhbatdoshningiz fikridan kelib chiqib gapiring.
16-Xonada Shovqin bo‘layotgan payt gapirmang. Hamma tinchigandan keyingina gap boshlang.
17-Siz bilan umumiy qiziqishlari bo‘magan (yani til topisholmaydigan) odamlar bilan birga yurmang. O’zingizga yoqadigan kishilar davrasida yuring. 18-«Ertaga qilaman»- degan iborani unuting. Bu sizni dangasa qiladi. Ertangi kun o‘z rejalari bilan keladi. Siz uchun eng qimmatli fursat bu — BUGUN.
19-Agar sizga noo‘rin savol berishsa yoki savolga javob berishni hohlamasang: Bunday deng: Nega bu haqda so‘rayapsiz?
20-Bahona yoki sabab qidirmang, imkoniyat qidiring
|