Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 10:34


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

19:47

Odam havosiz qancha yashay oladi?


Joylandi: 09.09.2019 | 19:47

«RAMBLER»ning yozishicha, uzoq vaqt havosiz qolgan odam uchun eng katta xatar — bosh miyaga kislorod kelmay qolishi, oqibatda — kislorod yetishmovchiligi yuz beradi. Bu o‘z navbatida hushdan ketishga va o‘limga olib keladi.

Biroq ayrim kishilar uzoq vaqtgacha nafas olmay turishlari mumkin. Masalan, hech qanday anjomlarsiz suv tubiga sho‘ng‘uvchi fridayverlar kislorodsiz o‘rtacha 9 daqiqagacha chidashlari mumkin. Bunga ular uzoq vaqt shug‘ullanib erishadilar. Natijada tanasi kislorod tanqisligiga moslashadi: yurak ritmi sekinlashadi, qon qo‘l-oyoqdan hayotiy muhim a’zolarga oqadi.

Suv ostida havosiz turish bo‘yicha mutlaq rekord 2012 yilda olmon dayveri Tom Sitas tomonidan amalga oshirilgan. U kislorodsiz 22 daqiqayu 22 soniya qolgan.
Albatta, bu shunchaki istisno holat. Bu tanamiz biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq ishlarga qodir ekanini tushunishimizga yordam beradi.

Odam havosiz o‘rtacha 2 — 5 daqiqa yashashi mumkin (bu har bir odamning o‘pka hajmiga bog‘liq). Shundan so‘ng kislorod yetishmovchiligi boshlanadi. Bundan esa birinchi bo‘lib miya neyronlari qiynaladi. Markaziy nerv tizimi faoliyati izdan chiqadi va odam halok bo‘ladi.

Категория: Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar | Просмотров: 36 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: qiziqarli faktlar, qiziqarli ma'lumotlar, ajoyib ma'lumotlar, havosiz qancha, yashay oladi?, antiqa yangiliklar, odam, qancha yashashi mumkin, inson havosiz, havosiz yashash | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт