Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 22.09.2019, 11:37


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

14:52

Pishloqli makaron tayyorlashni o'rganamiz (Pazandalik)


Joylandi: 03.09.2019 | 14:52

Masalliqlar:

250 gramm maydaroq makaron

200 gramm qattiq pishloq

100 gramm sariyog'

40 gramm un

500 millilitr sut

200 gramm dudlangan kurka go'shti

1 osh qoshiq o'simlik yog'i

1 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i

ta'bga qarab tuz va murch



Tayyorlanishi

Amerikada «mac and cheese» deb nomlanadigan bu taom tayyorlanishi oddiy bo’lob, ta’mi juda mazalidir. Hatto ovqatlanishi injiq bolalarga ham bu ovqat yoqadi. 



Bizlar mak end chizga kurka go’shtidan soldik, siz xohishingizga qarab, qaynatilgan tovuq yoki mol go’shtidan solishingiz mumkin.



Tayyorlaniladigan taomga taxminan 25 000 so’m sarflaniladi.*



1-Qadam

Kurka go'shtini to'rtburchak qilib to'g'raymiz.



2-Qadam

Makaronni yo'riqnomasiga qarab, "al dente" ya'ni sal xomroq qilib qaynatib olamiz.

Gaz pechini 190 C darajaga yoqib qo'yamiz.



3-Qadam

Qozonga sariyog'ni solib eritamiz va unni solib, taxminan 2 daqiqa qovuramiz.



4-Qadam

Ustidan sutni solib, sal quyuqlashguniga qadar qaynatamiz.

So'ng qirg'ichdan chiqarilgan pishloqning 2/3 qismini solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtiramiz.

So'ng tuz, murch va muskat yong'og'idan sepamiz.



5-Qadam

Qaynatilgan makaronlarni suvini to'kib, o'zini qolipga solamiz, ustidan to'g'ralgan kurka go'shtini solib, aralashtirib olamiz. Tayyor qaylani makaronlarning ustidan quyamiz.

Ustidan qolgan pishloqni sepamiz va 15-20 daqiqa qizigan gaz pechiga qo'yib pishirib olamiz. Albatta issiqligida iste'mol qilamiz.



Yoqimli ishtaha!





Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 29 | Добавил: Malika | Теги: taom tayyorlash, ovqat qilish, masalliqlar, Pishloqli, makaron tayyorlashni, (Pazandalik), retseptlar, pazandalikni o'rganish, ayollar oshxonasi, o'rganamiz, pazanda uz, qanday qilib | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт