Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 11.08.2020, 02:53


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

Kechir gulim (Botir Ali)


Joylandi: 28.01.2018, 09:37

Yomgir yoĝib bargingdagi shalola,
Uch bargingni yulib ketdi shabboda,
Yuraging zor qalbing tola ming nola,
Kechir gulim,seni guldek asrolmadim...
Aytsin endi qirlardagi lolalar,
Yuragimdan yiroq ekan nolalar,
Seni nobud qildi ichi qoralar,
Kechir gulim,seni guldek asrolmadim...
Sevgi asli nimaligin xech bilmading,
Yuragimni yuraginga zor qilmading,
Meni sevib hattoki bir bor kulmading,
Kechir gulim,seni guldek asrolmadim...
Endi menga armon bõldi sening tafting,
Menla yurib kulmadi hech bir bor bahting,
Uvol bõldi menga bergan muhabbating,
Kechir gulim seni guldek asrolmadim...
Yuragi yõq,men bir qõrqoq,men bir noshud,
Xorlanganingda men qandayin qildim sukut,
Endi senga qo'lim yetmas bõlding nobud,
Kechir gulim seni guldek asrolmadim...
Nima degan odam boldim bilmayman men,
Muhabbatla yashaganga dunyodur keng,
Chin oshiqdek kutsam endi kelmaysan hech,
Kechir gulim seni guldek asrolmadim...
Botir bolib bir mardlikni korsatmadim,
Dil oynangdan gam guborni men artmadim,
Songi bora ortingdan bir kuzatmadim,
Kechir gulim seni guldek asrolmadim...

Botir Ali
2018
Категория: Sherlar / Armon haqida / Sevgi haqida / Tasirli sherlar / Hazil sherlar | Добавил: BEST_ADMIN (28.01.2018)
Просмотров: 2984 | Рейтинг: 5.0/51
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт