|
Men uchun ham o'zingni asra
Joylandi: 10.07.2019, 13:48
Sevdim degan so`zingni asra, Meni kutgan ko`zingni asra, Seni topgum, yoningga borgum, Men uchun ham o`zingni asra.
Asra, dilda muxabbatingni, Asra menga ko`ngil xatingni, Menga atab hamma gapingni, Men uchun ham o`zingni asra.
Ko`ksingdan otilsa ming faryod, Seni ko`p yig`latsa bu hayot, Sabr qil, topmasang bir najot, Men uchun ham o`zingni asra.
Sinab bir bor va`dalar kuchin, Dildan olmay xatolar o`chin, O`rtada sof sevgimiz uchun, Men uchun ham o`zingni asra.
Uzun yillar kitobin yopgum, Bir kun yig`lab izlaring o`pgum, Bir kun seni baribir topgum, Men uchun ham o`zingni asra.
Yurakka in qurmayin qayg`u, Hayotingga solmagin og`u, Sendan bitta iltimosim shu, Men uchun ham o`zingni asra.
To`ldir jonim, qalbingni nurdan, Go`zal bo`lsin tunlaring kundan, Sevsang agar Ahadni chindan, Men uchun ham o`zingni asra.
Ahad Qayum
|
Категория: Sherlar / Armon haqida / Sevgi haqida / Tasirli sherlar / Hazil sherlar | Добавил: BEST_ADMIN (10.07.2019) |
Просмотров: 7898
| Рейтинг: 5.0/118 |
|
Популярные песни за месяц |
|