Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 20.10.2019, 13:27


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

08:02

Sabzili keks tayyorlaymiz


Joylandi: 22.09.2019 | 08:02

Bugun siz azizlarga xandon pista va yong’oq solib pishirilgan ajoyib sabzili keks retseptini taqdim etamiz. Bunday keksni tayyorlash juda oson bo’lib, pishish jarayonida undan taraladigan hid esa butun xonadoningizni qurshab oladi. 
Ustidagi qaymoq va shakar upasidan tayyorlanadigan glazur esa unga o’zgacha maza baxsh etadi. Bundan tashqari siz saytimiz orqali yana boshqa Pazandalik sirlarini o'rganib olishingiz mumkin. 
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 42 000 so’m sarf qilinadi.*

Masalliqlar:
XAMIRIGA:

2 ta tuxum
190 gramm shakar
bir chimdim tuz
100 gramm sariyog'
1 ta apelsin
200 gramm un
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq dolchin
2 osh qoshiq smetana
1 ta qizil sabzi
100 gramm tozalangan xandon pista
100 gramm tozalangan yong'oq

GLAZURIGA:
100 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
100 millilitr sut

1-qadam
Tuxumlarni shakar va tuz bilan birga ko'pirtirib olamiz. Ko'pirtirish jarayoni 7 daqiqadan kam bo'lmasligi lozim. Apelsinning sedrasini qirg'ichdan chiqarib, sharbatini ham siqib olamiz. Tuxumlarning ustidan eritilgan sariyog' va apelsin sharbatini quyamiz.

2-qadam
Un, iste'mol sodasi va dolchinni elab solamiz.

3-qadam
Sabzini qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz va suvini siqib tashlaymiz. Xamirga smetana va qirg'ichdan chiqarilgan sabzini solamiz.

4-qadam
Yong'oq va xandon pistani maydalab, apelsin sharbati bilan birga xamirga solamiz. Aralashtirib olamiz.

5-qadam
160 С darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng esa keks ustini folga qog'oz bilan yopib, yana 15-17 daqiqa, ya'ni gugurt cho'pi bilan tekshirilganda quruq chiqquniga qadar pishirib olamiz.

6-qadam
Glazurni tayyorlab olamiz.
Tog'orachaga shakar upasi, qaymoq va sutni solamiz. Vanil shakarini solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

7-qadam
Keksni sovutib, so'ng glazur surtib chiqamiz. Ustidan esa maydalangan yong'oqlardan sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 90 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: shirin taomlar, retseptlar, ayollar oshxonasi, shirinlik tayyorlash, Bir zumda pishirish, Mazali kekslar, Sabzili keks qilish, pazandalik sirlari | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт