Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 22.09.2020, 01:16


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

11:28

Sendvich - toblatma tayyorlashni o'rganamiz


Joylandi: 25.08.2019 | 11:28

Masalliqlar

8 bo'lak toster noni
1 bosh piyoz
yarimta tovuq filesi
1 ta bulg'or qalampiri
1 ta qizil sabzi
200 gramm motsarella pishlog'i

QAYLASIGA:
100 gramm eritilgan pishloq
1 osh qoshiq smetana yoki mayonez

Yo’nalishlar

Oddiy sendvichlarni ham original ko’rinishda va noodatiy ta’mda tayyolash mumkin bo’lib, ana shulardan biri sendvich-toblatmadir.

Qarsildoq non va erigan pishloq birgalikda ajoyib uyg’unlikni tashkil qilib, yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 34 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Qadam 1 
Tovuq filesi, piyoz va bulg'or qalampirini mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Sabzini esa qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 2 
Tovaga yog' solib, piyozni bir daqiqa davomida qovurib olamiz. So'ng tovuq filesini solamiz, qizarguniga qadar qovuramiz.

Qadam 3
Sabzi va bulg'or qalampirini solamiz, qopqog'ini yopib, yumshaguniga qadar pishiramiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 4 
Qaylasi uchun esa eritilgan pishloq va smetana(mayonez)ni aralashtirib olamiz.

Qadam 5 
Qolipga non bo'laklarini terib chiqamiz, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq yarmini sepamiz, ustidan qiymali aralashmani solamiz.

Qadam 6 
Qolgan non bo'laklari bilan ustini yopamiz. Qaylani quyib, tekislab chiqamiz.

Qadam 7    
Qolgan pishloqni ham sepib, 200 C darajada qizigan pechda 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 393 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: ayollar oshxonasi, kechki dasturxon uchun, Sendvich, tayyorlashni o'rganamiz, pazanda uz, pazandalik sirlari, ovqat qilish, toblatma, pishiriq tayyorlash | Рейтинг: 5.0/4

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт