Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 21.09.2020, 17:13


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

16:11

Sentyabr oyida o'zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?


Joylandi: 30.08.2019 | 16:11

Sentyabr — kuzning birinchi oyi, biroq bu oy O‘zbekistonda ob-havo sharoitlariga ko‘ra ko‘proq yozni eslatadi, faqat harorat foni birmuncha qulay.

Iqlimiy me’yorlarga muvofiq, O‘zbekistonda sentyabr oyi yilning eng quruq oylaridan biri hisoblanadi. Yog‘inlar juda kam bo‘lib, oy davomida o‘rtacha 1-3 marta yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ularning miqdori esa o‘rtacha iyul va avgust oylaridagiga qaraganda salgina ko‘p — tekislik hududlarda 2 mm.dan 6 mm.gacha, tog‘li joylarda 10-20 mm.gacha yetadi, deb xabar qilmoqda respublika Gidrometeorologiya markazi.

Oyning birinchi yarmida kunduzgi havo harorati odatda 30-33 daraja atrofida, oyning ikkinchi yarmida esa 26-29 daraja atrofida bo‘ladi. Eng iliq sentyabrlarda ayrim kunlari termometr ustunchasi 35-39 darajagacha ko‘tariladi. Sovuq havo oqimlari kirib, kunduzgi harorat 22-25 darajagacha tushadigan, ba’zan esa undan ham past bo‘ladigan holatlar kamdan-kam kuzatiladi va bunday sovuq davrlar qisqa muddatli bo‘ladi.

Biroq, bu yil sentyabr oyi bizni salqin havo bilan qarshi oladi. Avgust oyining so‘nggi kunlaridan harorat 27-32 darajagacha pasayadi, sentyabrning ilk kunlari juda issiq yoz «aybini» yumshatib harorat kechasi 12-17 darajagacha, kunduzi 23-28 darajagacha tushadi, bu shu davr uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 4-6 darajaga pastdir.

Bulutlar ham ko‘payib, 1 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida, 2 sentyabrda Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ob-havoning bunday o‘zgarishlari Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havoning kirib kelishi bilan tushuntiriladi.

Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘lgan nisbatan salqin ob-havo respublikamizda sentyabr oyining birinchi haftasida saqlanib turadi.

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechasi 12-17 darajadan 7-12 darajagacha, kunduzi 28-33 darajadan 21-26 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda qisqa muddatli kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, kuzning birinchi oyidagi ob-havo iqlimiy me’yorlar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 277 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: ertaga, havo harorati, O'zbekistonda, kuz faslida qanday havo bo'ladi, kuzatiladi?, qiziqarli yangiliklar, haftalik ob-havo, Bugungi, ob havo ma'umotlari, qanday ob-havo, Sentyabr oyida | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт