Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 14.10.2019, 09:40


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

09:41

Shimoliy Koreya Yaponiyani o‘qqa tutdi


Joylandi: 03.10.2019 | 09:41

Shimoliy Koreya Yaponiyaga qarshi harbiy raketalarni uchirdi. Bu haqda Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Tokioning ta’kidlashicha, noma’lum turdagi bitta qurilma Yaponiyaning Simane prefekturasidagi eksklyuziv iqtisodiy zonasiga yetib borgan. Aniqlanishicha, Yaponiya uchun bevosita tahdid yo‘q, baliq ovlash kemalariga zarar yetgani haqida xabarlar bo‘lmagan.

25-avgust kuni Shimoliy Koreya yangi og‘ir raketa sinov moslamasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berildi. Keyin KXDR yetakchisi Kim Chen In “doimiy ravishda o‘sib borayotgan harbiy tahdidlar va dushman kuchlarning tajovuzkor bosimiga qat’iy qarshi turish uchun” o‘zining strategik va taktik qurollarini ishlab chiqarishni jadallashtirishga chaqirdi.

Iyul oyidan beri KXDR doimiy ravishda Yaponiya dengiziga qarab raketalarni uchirmoqda. Biroq, ilgari raketalar boshqa mamlakat hududlariga tushgani haqida xabar qilinmagan.

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 136 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: dunyo xabarlari, qiziqarli yangiliklar, Koreya, dunyo yangiliklari, Yaponiya, Shimoliy Koreya, Yaponiyani o‘qqa tutdi | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт