Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 20.09.2019, 04:08


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

15:26

Xolvaytar qanday tayyorlanadi? O'rganamiz (Pazandalik)


Joylandi: 03.09.2019 | 15:26

Xolvaytar bu sevimli shirinliklarimizdan biri bo’lib, milli bayramlarimizni nishonlayotganda albatta bu shirinlik dasturxonimizning to’ridan o’rin egallaydi.
Bunday shirinlikni tayyorlash esa juda oson bo’lib, asosiysi sabrli bo’lishning o’zi kifoya.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 3 000 so’m sarf qilinadi.*

Masalliqlar:
1 stakan un
100 millilitr o'simlik yog'i
1 stakan shakar
3-4 stakan suv

1-Qadam
Qozonni gazga qo'yib, qizdirib olamiz.

2-Qadam
Unni elab sepamiz va o'simlik yog'ini quyamiz.

3-Qadam
Kapkirda yaxshilab kovlab, o'rtacha olovda kovlab turamiz.
Massa shokoladsimon tusga kirguniga qadar qovuraveramiz.

4-Qadam
Shakarni qaynagan suvga solib aralashtirib olamiz.

5-Qadam
Qovurilayotgan aralashmamiz biz xohlagan tusga kirganidan so'ng tayyorlab qo'ygan shakarli suvimizni quyib, aralashtirib olamiz.

6-Qadam
So'ng past olovda quyulgunga qadar kovlab qaynatamiz.
Xohishga qarab, dolchin yoki vanilindan qo'shish mumkin. Ular xolvaytarni yanada xushbo'yroq chiqishini ta'minlaydi.

7-Qadam
Aralashmamiz quyuq smetanaga o'xshab qolgandan so'ng, likopchalarga quyamiz va sovishi uchun olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

 

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 33 | Добавил: Malika | Теги: Xolvaytar, o'zbek taomlari, shirin ovqatlar, mazali taomlar, qanday tayyorlanadi?, shirinliklar, o'rganamiz, holvaytar qilish, bayram shirinliklari, (Pazandalik) | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт