Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 22.09.2019, 10:37


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

17:00

Yakshanba kunlari ob-havo qanday bo'ladi?


Joylandi: 23.08.2019 | 17:00

Respublika Gidrometeorologiya markazi 24-27 avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.



Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi. 



Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 24 avgustda 31-36 daraja, 25-27 avgustda 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 



Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 24 avgustda 30-35 daraja, 25-27 avgustda 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 



Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 



Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 24 avgustda 28-33 daraja, 25-27 avgustda 30-35 daraja issiq bo‘ladi. 



Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 24 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 25-27 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 24 avgustda 22-27 daraja, 25-27 avgustda 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 44 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: bugun, qanday bo'ladi?, yurtimiz yangiliklari, o'zbekiston, ertaga, havo, ob-havo ma'lumotlari, havo harorati, Yakshanba kunlari, ob-xavo, iqlim, OB-HAVO | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт