Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 10:24


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

14:28

Yong'oqni meyoridan ortiq yeyish zararlimi?


Joylandi: 31.08.2019 | 14:28

Shifokorlar kuniga ko‘pi bilan 50 grammgacha yong‘oq yeyishni tavsiya etishadi, aks holda ichaklar bekilib qolishi mumkin.

«Bir o‘tirishda 1 kilodan ortiq yong‘oq yeb qo‘ygan odamning ichaklari bekilib qolishi, bu esa uning hayotiga xavf solishi mumkin. Chaynalgan yong‘oq ichaklarga tushgach, yagona yopishqoq massani hosil qiladi. Bu dahshatli holatga sabab bo‘lishi hech gap emas», — deydi «Sog‘liq va sportcha ovqatlanish» markazi rahbari Yekaterina Burlyayeva «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.

Shifokor-gastroenterolog, tibbiyot fanlari nomzodi Leyla Bolatchiyevaning ta’kidlashicha, pankreatitdan qiynalayotgan odamlarga yong‘oq taqiqlanadi, chunki bu retsidiv davrdagi dardni zo‘raytirib yuboradi.

Tibbiyot xodimlarining keltirishicha, yong‘oqni me’yorda iste’mol qilish juda foydali: uning tarkibida V guruhidagi deyarli barcha vitaminlar, Ye, K darmondorilar hamda beta-karotin mavjud, pista mag‘zida esa A vitamini ham bor.

Burlyayevaning aniqlik kiritishicha, misol uchun, 100 gramm funduk yong‘og‘i tarkibida Ye vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning taxminan 136 foizi bor: u hujayra tomirlarini shikastlanishdan asraydi, 100 gramm pistada esa kunlik V6 vitaminining 85 foizi, V1 vitaminining 58 foizi va xolin (xolesterin darajasini me’yorlashtiradi)ning 18 foizi mavjud.

Bundan tashqari, yong‘oq tarkibida mineral moddalar ham bisyor — selen, marganets va mis. Magniy mushaklar qisqarishini me’yorlashtirish uchun zarur, uni ko‘pincha bachadon tonusi oshgan homilador ayollarga tayinlashadi. Mazkur element yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tartibga keltiradi. Mis, o‘z navbatida, tanadagi biokimyoviy jarayonlarni ishga tushiradi.

Maksimal kaloriyaga kedr yong‘og‘i ega: 100 gramida 673 kilokaloriya bor, minimal kaloriyaga esa pista ega (taxminan 560 kilokaloriya).

Kaloriyasini hisobga olib, ozishni o‘ylab yurganlarga shifokorlar yong‘oqni kunning birinchi yarmida yeyishni maslahat berishadi. Sport bilan shug‘ullanuvchilar, faol turmush tarzini olib boruvchilar kechki payt ham yong‘oq yeyishlari mumkin, deydi Burlyayeva.

Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 32 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: ortiq yeyish, mang'izlar haqida, yong'oq qayerga foyda, Yong'oqni, zararli taraflari, zararlimi?, jinsiy quvvat, yong'oqlar haqida, meyoridan, yong'oqning foydalari, quvvatni oshirish | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт